Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chilonzor tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi
10:40 / 2023-04-01

«Hududgaz Poytaxt» GTFning «Chilonzortumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Chilonzor tumanining «Xirmon-tepa» MFY hududidan o‘tgan yer usti d-76 mm.li o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 1 aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar  «Xirmon-tepa», «Kichik xirmon-tepa», «Katta xirmon-tepa» MFYlarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 5 306 ta aholi xonadonida hamda 14 ta ulgurji iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabarida.

O‘zA