Chilida mis koni quladi
Chilidagi yirik yerosti mis koni “El Teniente”da yuz bergan zilzila oqibatida kamida bir ishchi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi yaralandi, yana besh nafari bedarak yo‘qoldi, deya xabar bermoqda “Codelco” davlat kompaniyasi.
– Ayni paytda qutqaruvchilar qulash zonasiga kirish uchun ish olib bormoqda, - dedi “Codelco” rahbari Maksimo Pacheko.
Chili eng yirik mis ishlab chiqaruvchi davlat sifatida dunyodagi mis zaxiralarining deyarli to‘rtdan bir qismini qazib oladi.
Qimmatbaho metall elektr simlari, motorlar va qayta tiklanadigan energiyada qo‘llaniladi.
M.Pirmatova, O‘zA