Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chilida 7,4, Alyaskada 6 magnitudali zilzila yuz berdi
11:59 / 2024-07-19

AQSH Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bugun Chili shimolida 7,4 magnitudali yer qimirlashi kuzatildi.

Zilzila markaziy nuqtasi Antofagastadagi San-Pedro-de-Atakama qishlog‘ida, 117 km chuqurlikda qayd etilgan. Sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar va vayronagarchilik haqida xabar berilmagan. Yer osti silkinishi Peru janubi, Takna va Arekipada ham sezilgan. Hodisa aholi orasida vahima uyg‘otgan.

Alyaskadagi 6,0 magnitudali zilzila epitsentri Nikolskiydan 168 km janubi-g‘arbda, 41 km chuqurlikda ekani aniqlandi.

Mahalliy OAV axborot berishicha, bu hududda ham sunami xavfi, halokat yoki vayronagarchilik haqida ma’lumot yo‘q.