Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chigit o‘z vaqtida ekilsa, hosildorlik ham yaxshi bo‘ladi
13:38 / 2023-03-18

Sirdaryoda chigit ekish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Boyovut tumani 3-Boyovut SIU hududidagi "Hasan-Husan fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev, 4 ta sektor rahbarlari, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi tashkilotlari xodimlari, soha mutaxassislari, klaster va fermer xo‘jaligi boshliqlari ishtirok etdi.  

Dehqonchilikda ekin ekish ishlarini o‘z vaqtida bajarish hosildorlikning asosiy garovi sifatida qaraladi. Shu maqsadda mavjud ekin yer maydonlaridan samarali foydalanish, chigit ekish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda viloyatda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, bu boradagi vazifalarni belgilab olish seminarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

[gallery-11042]

Seminarda viloyat rahbari qishloq xo‘jaligiga mas’ul bo‘lgan mutasaddilar oldida turgan vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, Sirdaryoda joriy yil hosili uchun 77 ming 500 gektar maydonda chigit ekish rejalashtirilgan. Ishlarni sifatli tashkil etish va amalga oshirish uchun viloyat bo‘yicha 197 ta otryadlar tuzilgan. Shuningdek, viloyatda joriy yilda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining 21,6 ming gektarida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish belgilangan.  

— Shundan 18,824 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish rejalashtirilgan bo‘lib, paxta maydonlarida 11 ming 584 gektar, bog‘-tok va boshqa maydonlarda 7 ming 240 gektar joriy etish belgilangan. bugungi kunda amalda tomchilatib sug‘orish bo‘yicha paxta maydonlari uchun 7 ming 989 gektar shartnomalar rasmiylashtirilgan. Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha 1313 gektar rejalashtirilgan bo‘lib, amalda bugungi kunda 4 ming 779 gektar maydon uchun shartnomalar tuzilgan, – deydi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ilhomjon Soliboyev.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan har bir hududda yer tekislash, pushta olish, pushta suvi berish tadbirlarining amalga oshirilishi tahlil qilindi. Soha mutaxassislari tomonidan chigit ekish, parvarishlash va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir nihoyasida viloyat hokimi muddat+sifat+me’yorlarga alohida ahamiyat berib ishlash , bunday ko‘rgazmali seminarlarni barcha tumanlarda o‘tkazish lozimligini ta’kidladi.

Sh. Suyarov,

Sh.Ortiqboyev, O‘zA