Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chigit ekish ishlari monitoring qilinmoqda
11:52 / 2023-03-25

Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxtachilik kengashi va 13 ta tumandan kelgan ishchi guruhi a’zolari ishtirokida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi dalalarda chigit ekish holatini o‘rgandi.

Kengash va ishchi guruh a’zolari dastlab tumandagi “TST Agro Cluster” paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli paxta qabul qilish punkti hududida joylashgan urug‘lik chigitlarni tuksizlantirish va dorilash sexida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu yerda mutaxassislar tomonidan urug‘lik materiali tayyorlash, chigitlarni dorilash holati, dala maydonlariga yetkazib berish tartibi ko‘rsatib berildi. Bunda urug‘lik sexida 5 ta paxta naviga ishlov berilayotgani tanqid qilinib, jarayonni urug‘lik chigiti qayta ishlashning standart talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  

Bevosita dalalarga ekish uchun tayyorlab qo‘yilgan chigitlar o‘rganilganida ular tarkibida sifatsiz urug‘lar ham mavjudligi, urug‘ materialining hajmi turlicha ekani aniqlandi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng klaster paxta dalalarining joriy holati va ayni paytda chigit ekilayotgan paxta maydonlari ham o‘rganildi. Xususan, namunaviy maydon sifatida alohida tanlab olingan konturda yuqori hosildorlikni ta’minlashga oid ko‘rilayotgan agrotexnik tadbirlar, paxtachilikda yangi tizimni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi muhokama etildi. Shuningdek, dalalar chetida foydalanilmayotgan maydonlarda turli qishloq xo‘jaligi ekinlari – oshqovoq, tut, uzum ko‘chatlarini yetishtirishni yanada kengaytirish borasida tavsiyalar berildi.  

Klaster tomonidan 2023 yil hosili uchun Quyi Chirchiqdagi 11 ming 200 gektar yerga chigit ekiladi. Ushbu muhim agrotexnika tadbirini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun 17 ta chigit ekish otryadi shakllantirilgan bo‘lib, otryad tarkibiga klasterning tajribali qishloq xo‘jaligi mutaxassislari jalb etilgan.  

A.Musayev, O‘zA.