English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chido” sikloni qurbonlari soni 39 nafarga yetdi
16:18 / 2024-12-26

Fransiyaning Hind okeanidagi Mayott koloniyasida “Chido” sikloni oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi.

Fransiya matbuotiga ko‘ra, mahalliy hokimiyat qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlarini davom ettirmoqda. 

Fransiya Ichki ishlar vazirligi tabiiy ofat natijasida 4 mingdan ortiq kishi jabrlangani, ulardan 124 nafarining ahvoli og‘ir deb bayonot berdi. 

Ayni paytda Mayottdagi uy xo‘jaliklarining 35 foizida elektr ta’minoti tiklangan, biroq toza ichimlik suvidan foydalanish qiyinligicha qolmoqda. 

Kuchli dovul elektr ustunlarini qulatgan va daraxtlarni ildizi bilan qo‘porgan, shuningdek, maktab, shifoxona binosi va mahalliy aeroportga zarar yetkazgan. 

G.Sattorova, O‘zA