Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiyalik ko‘ngillilar ukrain armiyasiga ko‘maklashmoqchi
20:14 / 2025-10-27

Chexiyalik ko‘ngillilar Ukraina armiyasi uchun “Flamingo” deb nomlangan mahalliy ishlab chiqarilgan kruiz raketasini xarid qilishga yo‘naltirilgan aksiya doirasida 48 soat ichida 500 ming yevrodan ortiq mablag‘ to‘pladi, deb xabar bermoqda “Euronews” nashri.

Ta’kidlanishicha, “DANA 1” deb nomlanishi kutilayotgan raketa loyiha hammuassisi va taniqli chex fizigi Dana Drabovaga bag‘ishlanadi.

Kampaniya yakunlangach, raketa ishlab chiqaruvchidan sotib olinadi va Ukraina Qurolli Kuchlariga topshiriladi. Qurolni qachon va qayerda qo‘llash qarorini armiyaning o‘zi qabul qiladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Flamingo”ni mamlakatning “eng muvaffaqiyatli qurollaridan biri” deb atagan. Manbalarga ko‘ra, bu turdagi raketalar allaqachon Qrimdagi Rossiya maxfiy xizmat bazalariga zarba berishda qo‘llanilgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA