Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiyada yangi hukumat ish boshladi
21:07 / 2025-12-15

Endilikda mamlakat Vazirlar Mahkamasiga 71 yoshli Andrey Babish rahbarlik qilmoqda, deb yozdi “Prague Daily” nashri.

Qasamyod qabul qilish marosimida Chexiya yetakchisi Pyotr Pavel hukumatni NATO va Yevropa Ittifoqi doirasida mas’uliyatli siyosat yuritishga chaqirdi

Ekspertlar fikricha, yangi hukumat YeI va Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlash dasturiga nisbatan ehtiyotkorroq siyosat yuritishi mumkin.

Qiziq jihati, Babish Kiyevga qo‘shimcha moliyaviy kafolatlar berish niyati yo‘qligini bildirib, qo‘llab-quvvatlashning boshqa mexanizmlarini Yevropa Ittifoqi darajasida ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, u o‘lkaning YeI va NATO tarkibida qolishini qo‘shimcha qilgan.

D.Hakimov, O‘zA