Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiyada strategik ob’ektlarni qo‘riqlash kuchaytirildi
14:41 / 2022-10-10

Chexiyada terrorchilik hujumiga uchrash ehtimoli bo‘lgan strategik muhim infratuzilma ob’ektlari muhofazasi kuchaytirildi, deya ma’lum qildi mamlakat mudofaa vaziri Yana Chernoxova.

Boltiq dengizida “Nord Stream-1” va “Nord Stream-2” gaz quvurining portlashidan keyin Chexiyadagi strategik muhim bo‘lgan infratuzilma xavfsizligi kuchaytirilgan nazorat ostiga olindi",  – dedi Chernoxova, mamlakat televideniyesida chiqish qilib.  

Uning ta’kidlashicha,  shu yil fevral oyida Ukrainada harbiy harakatlar boshlangandan keyin ayrim shunga o‘xshash ob’ektlarga tashqaridan kuzatuvlar olib borishga urinishlar kuchaydi. Chexiya mudofaa vazirligi rahbarining taxminicha, go‘yo Rossiya tomonidan Ukrainaga yordam ko‘rsatayotgan mamlakatlarning mudofaa sanoatini kuchsizlantirishga qaratilgan tahdidlar mavjud.   

2014 yilda Chexiyaning Vrbetitse qishlog‘ida joylashgan qurol-yarog‘ omborida portlashlar yuz bergan edi. Chexiya tomoni ushbu portlashlarga Rossiyaning maxsus xizmati agentlari aloqador degandi.  

Chexiya mudofaa vazirining fikricha, NATOning sharqiy qanoti kelgusida yanada kuchaytirilishi kerak. Bundan tashqari, u Yaqin Sharq va Afrika “RF ta’sirida” qolmasligi uchun ushbu mintaqalarda NATOning bo‘lishini ma’qulladi, deb yozmoqda RIA Novosti.