Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiyada Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda
19:07 / 2018-01-12

Chexiyada 12-13-yanvar kunlari Prezident saylovining birinchi turi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarligi uchun 9 kishi o‘z nomzodini qo‘ygan, deya xabar bermoqda Euronews.

Chexiyada 12-13-yanvar kunlari Prezident saylovining birinchi turi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarligi uchun 9 kishi o‘z nomzodini qo‘ygan, deya xabar bermoqda Euronews.

Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, asosiy kurash amaldagi Prezident Milosh Zeman va Chexiya Fanlar akademiyasining sobiq rahbari Irji Dragosh o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

Agar nomzodlardan biri birinchi turda 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plolmasa, ikki haftadan keyin ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi. Prezident besh yilga saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1993-yil 1-yanvarda o‘rnatilgan. Mamlakatlarimiz hamkorligida ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.