Chexiyada parranda grippi tarqaldi
Chexiyaning Taxou tumanidagi Brod-nad-Tixou qishlog‘ida parranda grippining yirik uchog‘i aniqlandi. Bu yerda 742 ming bosh tovuq boqiladi, deb xabar tarqatdi Chexiya TV Davlat veterinariya boshqarmasi (DVB) bergan ma’lumotga tayanib.
"DVB raisi Petr Mayerning ma’lum qilishicha, hozirda bu yerda virusning patogenli darajasi aniqlanmoqda. Bu Chexiyadagi parranda grippining eng yirik uchog‘i bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Gripp tarqalgan hududni yopib qo‘yish va maxsus veterinar choralar ko‘rilmoqda.
Yevropa oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boshqarmasining (EFSA) bayonot berishicha, Yevropa bir yildan buyon tarixdagi eng talofatli parranda grippi epidemiyasini boshdan kechirmoqda.
Gripp tarqalgan fermalarda hozirgacha 50 million bosh uy parrandasi yo‘q qilingan, qish kirishi bilan esa virus tarqalishi ikki barobarga tezlashmoqda.