Chexiyada avtobus halokatida 21 bola jarohat oldi
Chexiyaning Zlata tog‘i yaqinida, Olomouts viloyati Yesenik shahrida sodir bo‘lgan avtobus halokatida 21 nafar bola va bir o‘qituvchi jarohat oldi.
"AzerTAJ" xabariga ko‘ra, jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yuborilgan. Qutqaruvchilar aytishicha, jabrlanganlar turli darajada yaralangan.
- Avtobus yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga urilgan, - deya xabar tarqatgan politsiya. - Zarba natijasida haydovchi tomondagi eshik ezilgan. Voqea joyida Chexiya va Polsha o‘t o‘chirish va tez yordam xizmati, politsiya xodimlari hozir bo‘lgan.