French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiya prezidenti: Rossiyaning Ukrainaga bosqini haqidagi ma’lumotlar AQSH razvedka idoralari uchun navbatdagi sharmandalikdir
16:32 / 2022-02-17

Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi ma’lumotni Amerika razvedka xizmatlarining navbatdagi sharmandasi deb atadi, deya xabar bermoqda Chex radiosi axborot portali.

- Bu AQSH maxfiy xizmatining uchinchi bora sharmanda bo‘lishi, - deydi Milosh Zeman. Birinchisi Iroqda, u yerda ommaviy qirg‘in qurollari topilmadi. Ikkinchisi Afg‘onistonda, Tolibon hech qachon Kobulni egallamaydi, deb da’vo qilganida. Uchinchisi esa hozir.

Uning ta’kidlashicha, AQSH rasmiylari so‘nggi kunlarda Rossiyaning Ukrainaga hujumi har qanday vaqtda yuz berishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Yevropadagi barcha ittifoqchilar Qo‘shma Shtatlardan 16 fevral, chorshanba kuni bosqin boshlanishi mumkinligi haqida ma’lumot olgan.

- Men hujum 5 kundan keyin boshlanadi degan xabar olgandim, - dedi Milosh Zeman. Bu xabar AQSHning CIA razvedka agentligidan kelgan edi. Xo‘sh, ko‘rib turganingizdek, bu sodir bo‘lmadi.

- Men Qo‘shma Shtatlar markaziy razvedka boshqarmasidan uning qanday manbalari borligini so‘ramayman. Faqat aytib o‘tilgan uchta holat asosida men bu manbalarning sifatiga shubha qilaman, - deydi Chexiya prezidenti AQSHning Iroq, Afg‘oniston va Ukrainadagi noto‘g‘ri hisob-kitobiga ishora qilib.

Chexiya prezidentining fikricha, voqealar fonida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg iste’foga chiqishi kerak.
So‘nggi paytda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘lgan. Rossiya tomoni bu ma’lumotni bir necha bor rad etgan. AQSH 16 fevral kuni Rossiya hujum qilishini ma’lum qilgandi va o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlab yuborgandi. 

Buning oqibatida, elchixona va konsulliklar Ukraina poytaxti hamda shaharlarini tark eta boshladi. 16 fevral kuni Ukrainaga hech qanday bosqin bo‘lmadi, biroq AQSH va G‘arb dezinformatsiyasi allaqachon Ukrainaga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazishga ulgurdi.