French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chexiya Prezidenti MiG-31 hodisasidan keyin tahdidli bayonot berdi
12:47 / 2025-09-22

Chexiya Prezidenti Petr Pavel milliy televideniye orqali Rossiya samolyotlari NATO davlatlari samo hududiga kirib kelsa, urib tushirilishi mumkinligini aytdi.

— Havodagi chegara buzilishi ortidan mudofaa mexanizmi ishga tushadi va samolyot nishonga aylanishi mumkin, — dedi u. — Buni na biz, na Rossiya, hech kim istamaydi. NATO RF uchoqlari tomonidan qoida buzilishi holatiga munosib javob berishi kerak.

Juma kuni Bosh vazir Kristen Mixal "Estoniya o‘z havo hududi Rossiya  tomonidan buzilgani" bois, Alyans nizomi 4-moddasiga muvofiq, NATO bilan maslahatlashuv o‘tkazish so‘ralishini e’lon qildi. RF tomoni esa ushbu Boltiq bo‘yi davlati hech qanday dalil keltirmaganini da’vo qilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi juma kuni uchta MiG-31 qiruvchisi Kareliyadan Kaliningrad viloyatidagi aerodromga rejali parvoz amalga oshirgani haqida xabar berdi. Shuningdek, amaliyot chog‘i havo hududi qoidasiga qat’iy rioya qilingani, boshqa davlat chegarasi buzilmagani tasdiqlangan.

— Parvoz davomida samolyotimiz kelishilgan havo yo‘nalishidan chetga chiqmagan, Estoniya havo hududiga kirmagan, — deyiladi RF tomoni bergan bayonotda.

S.Rahimov, O‘zA