Chexiya 2023 yilda Qobuldagi elchixonasini yopmoqchi
Chexiya Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab Afg‘oniston poytaxtidagi elchixonasini ushbu mamlakatdagi xavfsizlik vaziyati sababli yopishga qaror qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“TIV Afg‘onistonda xavfsizlikni mustahkamlash istiqbollarini ko‘rmayapti va bu sohadagi vaziyat yomonlashishda davom etayotganini qayd etadi.
Mamlakatdagi vaziyat va ikki tomonlama munosabatlarning bugungi darajasini inobatga olgan holda vazirlik elchixonaning yopilishini asosli, deb hisoblaydi”.
Qobuldagi diplomatik vakolatxonasining vazifalari Pokistondagi Chexiya elchixonasiga o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Praga Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi, deyiladi xabarda.
O‘zA