Bugun ertalabdan «UzAuto Motors» kompaniyasi «Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berishni boshlagani haqidagi xabarlar keng tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan foto, video postlarda xaridorlarning yangi avtomobil uchun uzundan uzun navbatlarda turganini ko‘rish mumkin.
Ayni vaqtda «Chevrolet Onix» avtomobilining to‘rtta komplektatsiyasiga buyurtma berish mumkinligi aytildi.
1,2 MT Soddalashtirilgan komplektatsiya – 110 000 000 so‘m;
1LS 1,2 MT – 133 040 000 so‘m;
3LT 1.2 MT – 141 960 000 so‘m;
LTZ 1,2 Turbo AT – 165 180 000 so‘m.
Qo‘shimcha qiymat solig‘isiz ko‘rsatilgan ushbu narxlar bilan tanishar ekansiz «Chevrolet Onix» avtomobili arzonroq tuyuladi.
Aslida esa ko‘rsatilgan narxning ustiga yana o‘n besh foiz QQS qo‘shib to‘lanishi kerak.
Unda narxlar quyidagicha bo‘ladi.
1LS 1,2 MT – 152 mln 996 ming so‘m;
3LT 1.2 MT – 163 mln 254 ming so‘m;
LTZ 1,2 Turbo AT – 189 mln 957 ming so‘m.
Xabarlarga ko‘ra, eng arzon 1,2 MT Soddalashtirilgan komplektatsiya sotuvda mavjud emas. Agar u sotilganida 110 million so‘m emas, balki 126 million 500 ming so‘m bo‘lar edi.
Aytilishicha, eng arzon pozitsiyani sotib olmoqchi bo‘lganlar ariza berar ekan. Agar yetarli ariza to‘plansa, keyin kompaniya bu pozitsiyani ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikni o‘ylab ko‘rar ekan. Bu o‘rinda “yetarli ariza” deyilgandi qancha talab nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritilmagan.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/o7oRBNdDhpo" title="«Chevrolet Onix» avtomobili uchun shartnoma berish boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>