Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tillarni o‘rganishga ko‘maklashuvchi dastur yaratiladi
08:05 / 2021-06-12

Joriy yilning mart oyida koreyalik mutaxassislar bilan «Edu Link» dasturi doirasida memorandum imzolangan edi. Memorandumga ko‘ra, loyihani amalga oshirish masalalari yuzasidan ishchi guruh o‘z ishini boshladi.

«Edu Link» dasturining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, u mamlakatimiz sharoitiga moslashtirilgan bo‘lib, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ota-onalarni maktabgacha ta’lim jarayoniga jalb etishga qaratilgan videoroliklar yaratiladi.

Dastur 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida o‘zbekistonlik yosh avlod chet tillarni (ingliz, rus va koreys tillarini), shuningdek, matematikani o‘rganishi mumkin bo‘ladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA