Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tillarni o‘qitish takomillashmoqda
17:44 / 2014-09-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chet tillarini 1-sinfdan boshlab bosqichma-bosqich o‘qitish bo‘yicha yangi o‘quv rejasi tasdiqlanib, 1-4 sinflarda haftasiga 2 soat chet tili fani o‘qitilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hamda bu jarayonda chet tillarni o‘rganishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samarasini bermoqda. Yurtimizda chet tillarni o‘qitishning kompleks tizimi yaratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish va uni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ushbu qaror ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonida ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish borasida sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Chet tili o‘qituvchilarining pedagogik mahorati oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chet tillarini 1-sinfdan boshlab bosqichma-bosqich o‘qitish bo‘yicha yangi o‘quv rejasi tasdiqlanib, 1-4 sinflarda haftasiga 2 soat chet tili fani o‘qitilmoqda. 2013-2016-yillarda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 1 ming 229 sinf xonasini maxsus o‘quv jihozlari va komputer texnikalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Bu borada ishlab chiqilgan maxsus dasturga ko‘ra, shahar va tumanlardan ikkitadan namunali maktab tanlab olinib, jami 33 maktabda 2-sinfdan boshlab ingliz tilini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etildi. Birinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘quv kitobi, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma va multimedia ilovasidan iborat majmualar tajriba-sinovdan o‘tkazilib, chop etildi.

– Mamlakatimizda navqiron avlodning xorijiy tillarni puxta o‘rganishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, – deydi Xo‘jayli tumanidagi 72-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi G.Mambetmuratova. – O‘qituvchilar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar biz, pedagoglarning yoshlarga yanada chuqur bilim berishimiz, o‘z ustimizda ishlashimizga yordam bermoqda.