Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tillarini o‘qitish sifatini oshirish bo‘yicha o‘qituvchilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi
12:11 / 2021-05-24

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Yig‘ilishda chet tillarini o‘qitish tizimidagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, bu borada ustuvor vazifalar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqti-soati kelganligi, raqobatdosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart ekanligi hamda bu qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozimligi to‘g‘risida gapirib o‘tib, barcha rahbarlarga kerakli vazifalarni belgilab berdi.

[gallery-2510]

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Marhamat tumani hokimi B. Yo‘ldoshev hamda tuman IIB boshlig‘i J. Qosimov tumandagi barcha chet tili o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi pedagoglarga chet tilini o‘qitish sifatini oshirish, samarali natija bergan o‘quv uslublarini dars jarayonida qo‘llash, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirishi uchun o‘quvchilar bilan ko‘proq ishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.  

 

Zuhriddin UMURZOQOV (surat) O‘zA