Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tillar instituti talabalariga qulaylik
12:24 / 2022-10-03

Samarqand davlat chet tillar institutida 8 milliard 301 million so‘m mablag‘ evaziga mukammal qayta ta’mirdan chiqarilgan institutning 2-sonli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

350 o‘ringa moslashtirilgan mazkur talabalar turar joyining ochilishida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi va bu yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan yana bir talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Institutda bugungi kunda yana ikkita talabalar turar joyi bunyod etilmoqda.


G‘.Hasanov, O‘zA