Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tilini o‘rganish darajasi yuksalmoqda
09:01 / 2025-05-31

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining 2-bosqich – gapirish ko‘nikmasini baholash qismi davom etmoqda.  

Ma’lumki, imtihonlar ikki bosqichda, jumladan birinchisi yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish) shaklida bo‘lib, talabgorlarga jami 2 soatu 40 daqiqa beriladi. Ikkinchi – gapirish ko‘nikmasini baholash qismida esa jarayon agentlikning maxsus dasturi yordamida, ya’ni kompyuterda amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga B1, B2 va C1 darajali sertifikatlar taqdim etiladi.

[gallery-23700]

B2 darajali sertifikatga ega talabgorlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda ushbu fandan maksimal ball olish imkonini qo‘lga kiritadi. C1 darajaga ega chet tili fani o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga 50 foiz ustama haq to‘lanadi.  

Viloyatda test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirib, 6453 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan. Talabgorlar uchun 1-bosqich test sinovlari 10-11, 14-18 may kunlari o‘tkazilgan bo‘lsa, gapirish ko‘nikmasini baholash qismi 13 may sanasidan boshlangan. Ushbu imtihonlar 13 iyun kuni yakunlanadi. Natijalar ushbu sanadan boshlab, 1 hafta muddatda e’lon qilinadi.  

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA