Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet tili o‘qituvchilari uchun ochiq muloqot
19:02 / 2016-05-20

Bo‘stonliq tumanidagi 19-umumta’lim maktabida Toshkent viloyati va poytaxt maktablari chet tili o‘qituvchilarining tajriba almashishiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Bo‘stonliq tumanidagi 19-umumta’lim maktabida Toshkent viloyati va poytaxt maktablari chet tili o‘qituvchilarining tajriba almashishiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tajribali chet tili o‘qituvchilari, fan metodistlari, a’lochi o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, chet tillarini puxta o‘rganishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etayotir.

Seminarda ushbu hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, boshlang‘ich sinflarda chet tillarning o‘qitilishi, fan o‘qituvchilariga qo‘yilayotgan talablar, erishilayotgan yutuqlar, kuzatilayotgan kamchiliklar haqida ochiq muloqot tashkil etildi. Tajribali chet tili o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan namunaviy darslar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘qituvchilarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan chet tili darslarini yanada qiziqarli, mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha pedagogik texnologiyalar, o‘yinlar tushirilgan disklar taqdim etildi.