Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet elliklar uchun haj safariga borish qisqartiriladi
17:58 / 2021-06-14

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yil Makkaga ziyorat qiluvchilar sonini 60 ming nafarga qisqartirishga qaror qildi.

Hajni faqat qirollik musulmonlari ado etishlari mumkin, ularga COVID-19 ga qarshi vaksina olish talabi qo‘yilgan, xolos.

Ushbu qaror Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari vazirligi tomonidan e’lon qilingan. Unda aytilishicha, ziyoratchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘iga har doim katta ahamiyat beriladi.  

Xabarga ko‘ra, hajga boradiganlar 18 yoshdan 65 yoshgacha va surunkali kasalliklardan xoli bo‘lishi kerak.

Saudiya Arabistonida 460 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 7,5 mingdan ortiq odam vafot etgan. Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda ham qirollik ma’murlari xorijlik ziyoratchilarni Hajga borishiga ruxsat bermagan edi.