Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet ellik mutaxassislar uchun kurash bo‘yicha seminar tashkil etiladi
16:51 / 2021-12-17

Joriy yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Sharqiy Osiyo mamlakatlari kurash federatsiyalari murabbiylari uchun seminar tashkil etiladi.

Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, milliy sportimiz -  kurashning xalqaro maydondagi rivojini ta’minlash hamda 2022 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari oldidan o‘tkazilayotgan mazkur seminar Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Xalqaro kurash instituti tashabbusi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qo‘llab-quvvatlashi asosida bo‘lib o‘tadi. 

Kurashning xalqaro rivojini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan seminarda Xitoy, Yaponiya, Mongoliya, Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, Makkao va Gonkong kurash federatsiyalari murabbiylari ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. 

Zoom platformasi orqali ishtirok etadigan murabbiylarga Xalqaro kurash instituti va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ekspertlari tomonidan kurash usullarining 7 ta yo‘nalishi qoidalari amaliy va nazariy mashg‘ulotlar, kurash usullarini bajarish, hakamlik qoidalarini bajarish tarzida o‘rgatiladi. Shuningdek, seminar doirasida Xalqaro kurash instituti va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda. 

- Mazkur memorandum o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, targ‘ibot ishlarini rivojlantirish, kurash sport turini ommalashtirish, uning boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirishda yosh iqtidorlarni jalb etishdan iboratdir, - deydi Xalqaro kurash instituti rektori vazifasini bajaruvchi Xabibulla Tojiyev.  

E’tiborlisi, ushbu xalqaro seminarda ishtirok etgan mutaxassislar kelgusi yil Xitoyda o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida hamda xorijiy mamlakatlarda bo‘ladigan kurash musobaqalarida qatnashadi. 

 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA