Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet elda qonuniy ishlash imkoniyatlari tushuntirildi
14:13 / 2025-08-28

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyat hokimligi, Migratsiya agentligi viloyat filiali hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan yarmarkada 10 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 100 ga yaqin tashkilot va korxona, xususiy bandlik agentligi ishtirok etdi.

Yarmarka davomida Migratsiya agentligi mutaxassislari xorijda ishlashni maqsad qilganlarga qonuniy talablar haqida batafsil tushuntirish berdi. Til bilish sertifikatiga ega bo‘lish, kasbiy tayyorgarlik va huquqiy bilimlar bilan qurollanish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Kasbiy ko‘nikmalar markazi mutaxassislari ham ishtirokchilar uchun o‘zining qator takliflarini berdi. Avvalo, yoshlarni xorijda talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish, keyin esa ularni bevosita xorijiy davlatlarga ishga yo‘naltirish tizimi haqida ma’lumot berildi. Bu markazlarning faoliyati yurtimiz yoshlari uchun chet elda qonuniy va munosib ish topishda muhim o‘rin tutadi.

[gallery-25006]

Mehnat yarmarkasi fuqarolar uchun nafaqat ish topish maydoni, balki xorijda qonuniy ishlash imkoniyatlarini o‘rganish, o‘z kasbiy salohiyatini baholash hamda kelajak rejalari uchun muhim qadam bo‘ldi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA