Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet el fuqarolariga O‘zbekistonda ko‘chmas mulk olishlari yengillashdi
10:45 / 2022-04-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar joriy etiladi:

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda to‘lovlarni 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi;

- bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha kamida 35 foizi miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur mulklarni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi beriladi.

- 2022 yil 1 maydan ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:

- Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlarida qiymati 180 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari;

- boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko‘chmas mulk ob’ektlarida qiymati 85 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari.

Bunda, mazkur ko‘chmas mulk ob’ektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo‘lmaydi.

- Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 ming AQSH dollaridan 300 ming AQSH dollari ekvivalentigacha kamaytirildi.

O‘zA