Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chet el aviakompaniyalariga xizmatlar ko‘rsatishning yangi tariflari
19:42 / 2021-05-25

“O‘zaeronavigatsiya” markazi chet el aviakompaniyalariga xizmatlar ko‘rsatishning yangi tariflarini e’lon qildi.

Transport vazirligining ma’lum qilishicha, Prezidentimizning 2021 yil 30 apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “O‘zaeronavigatsiya” markaziga chet el aviakompaniyalariga xizmatlar ko‘rsatish (eksport) uchun narxlarni xorijiy valyutada belgilashga ruxsat berilgan.

2021 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida qo‘nish bilan parvozlarni amalga oshiruvchi, O‘zbekistonning norezidentlari – aviakompaniyalari uchun havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish xabarnomalarini va flayt-planlarni ishlanishi uchun tariflar va aerodrom hududidagi aeronavigatsion xizmatlari uchun tariflar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada nashr etiladi.

Jumladan, aerodrom hududida yo‘nalish (yaqinlashuvi) bo‘yicha aeronavigatsion xizmatlari 50 AQSH dollari, havo kemasi uchish-qo‘nishini ta’minlash vaqtida aeronavigatsion xizmatlari havo kemasining maksimal ko‘tarilish vaznining har bir tonnasi uchun 5 AQSH dollari, flayt-planlarni ishlanishi 16 AQSH dollari, havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish xabarnomalarini ishlanishi 16 AQSH dollari miqdorida belgilanadi. Mazkur ta’riflar qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmasdan belgilangan.

Muhtarama Komilova, O‘zA