Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chernobilda yangi hayot shakli topildi
15:32 / 2025-12-02

Chernobilda vayron bo‘lgan energiya bloki devorlarida radiatsiya bilan oziqlanadigan qora qo‘ziqorin topildi, deb xabar bermoqda “Science Alert” ilmiy jurnali.

Bu qo‘ziqorin “Cladosporium sphaerospermum” deb ataladi va ba’zi olimlarning fikricha, uning qorong‘u pigmenti - melanin o‘simliklar fotosintez uchun yorug‘likka tayanadigan tarzda ionlashtiruvchi nurlanishdan foydalanishga imkon beradi, deyiladi maqolada.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, olimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nurlanish darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan hududlardan namunalar yig‘ishgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, radiatsiya ta’sirida qo‘ziqorin nafaqat tirik qolgan, balki tezroq o‘sgan.

Tirik tabiatning odatiy reaksiyasiga mos kelmaydigan bu holat hayotning boshqa shakllari uchun halokatli sharoitlarda omon qolishni ifodalamoqda.

Ushbu jarayonga radiosintez nomi berilgan, ammo uning ta’sir qilish mexanizmlari noma’lumligicha qolmoqda.

Oktyabr oyida “Daily Mail” nashri Amerikaning “Dogs of Chernobly” notijorat tashkilotiga tayanib, hududda noodatiy ko‘k rangdagi itlar topilgani haqida xabar bergan edi.

G.Sattorova, O‘zA