Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qancha andijonlik ishtirok etgan?
12:47 / 2021-04-26

20-asrning eng dahshatli halokatlaridan biri Chernobil atom elektr stansiyasida halokat sodir bo‘lganiga 35 yil to‘ldi.

1986 yil 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi, tungi soat 1 dan 23 daqiqa o‘tganda Ukrainaning Chernobil shahridagi atom elektr stansiyasining 4-blokida portlash sodir bo‘ladi.

Portlash natijasida yuzaga kelgan yong‘in 13 kun ichida bartaraf etiladi. Lekin atom stansiyasidan chiqayotgan radiatsiyani to‘xtatishning iloji bo‘lmaydi. Halakot sodir bo‘lgan kunning ertasiga shahardan 47 ming nafar aholi evakuatsiya qilinadi. Umuman, 1986 yilning oxiriga qadar Chernobildan 250 ming nafar aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Mutaxassislar tomonidan atom elektr stansiyasidagi avariyaning insoniyat va tabiatga yetkazgan ulkan zarari haqida juda ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Ayrim norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halokat sodir bo‘lgandan keyingi bir necha oy ichida 4 ming nafar kishi halok bo‘lgan. Avariya oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan 100 ming nafarga yaqin kishi nurlanish tufayli majruh bo‘lib qolgan yoki vafot etgan.

Atom elektr stansiyasidagi fojia oqibatlarini bartaraf etishda sobiq ittifoq respublikalaridan qariyb 600 ming nafar kishi qatnashgan Shu jumladan, O‘zbekistondan ham minglab odamlar ishtirok etgan.

– Chernobil atom stansiyasi avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda Andijondan turli mutaxassisliklarga ega bo‘lgan 813 nafar kishi ishtirok etgan, – deydi Chernobilchilar assotsiatsiyasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Abdurasul Ahmedov. – bugungi kunga kelib ulardan 415 kishi hayot. Ular qonunlar doirasida belgilangan imtiyozlardan foydalanib kelmoqda. Jumladan, har yili viloyatimizdan 84 nafar chernobilchiToshkentdagi 2-son respublika klinik shifoxonasining radiologiya bo‘limida davolanib, o‘z salomatligini tiklaydi.

Mamlakatimizning amaldagi qonunlariga ko‘ra, Chernobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan yurtdoshlarimizga tegishli nafaqalar belgilangan, shuningdek, ularga daromad solig‘i to‘lash, davolanish, uy-joy bilan ta’minlanish singari qator yo‘nalishlarda imtiyozlar belgilangan.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA