Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Cherchill”ning o‘g‘risi ikki yilga qamaldi
15:16 / 2025-05-27

Kanadalik Jeffri Vud Uinston Cherchillning “Bo‘kirgan sher” nomi bilan mashhur suratini o‘g‘irlagani uchun salkam ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi BBC.

Jinoyatchi Ottavadagi “Chateau Lauriyer” mehmonxonasidan san’at asarining asl nusxasini o‘marganiga iqror bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi davrida Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimida ishlagan mashhur davlat arbobining 1941 yil Yusuf Qarsh tomonidan olingan surati 5 Angliya funt sterlingida ham aks etgan.

Mahalliy matbuot yozishicha, Vud kartinani ruhiy sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammodan aziyat chekayotgan ukasiga moliyaviy yordam berish maqsadida o‘marganini aytgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA