Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionning ota-onasiga rahmat
09:48 / 2024-09-07

Parij shahrida oʻtayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi (F35) yadro uloqtirish musobaqasida Husniddin Norbekov uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Kecha davlatimiz rahbari Husniddin bilan telefon orqali gaplashib, uni tarixiy gʻalaba bilan tabrikladi va u bilan faxrlanishini aytdi. 

Samarqand viloyati hokimligi masʼullari va jamoatchilik vakillari Husniddin tugʻilib oʻsgan xonadonga borib, uning ota-onasiga viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalarini topshirdi. 

– Oʻgʻlimning chiqishini yaqinlarimiz bilan birga kuzatdik,–- deydi Husniddinning otasi Qilichboy Norbekov. – Farzandimning tarixiy gʻalabasidan, yurtimiz bayrogʻini jahon arenalarida yana bir bor baland koʻtarganidan xursand boʻldik. Buning uchun sportchilarga barcha sharoitlarni yaratib bergan Yurtboshimizga rahmat. 
Gʻ.Hasanov, OʻzA muxbiri

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri