Kuch-qudrati bilan bu olamda saltanatlar bunyod etgan jahongirlar ko‘p. Ammo o‘z ilmu tafakkuri tufayli insoniyat taraqqiyotiga benazir hissa qo‘shganlar barmoq bilan sanarli. Bugun ular qoldirgan ilm chirog‘i hali-hamon bu olamga yog‘du taratib turibdi.
Mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan barkamol inson qilib tarbiyalash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yangilanayotgan O‘zbekistonda iste’dodi, tafakkuri bilan dunyo ahlini hayratga solib kelayotgan yoshlar yetishib chiqmoqdaki, ular orqali Vatan dovrug‘i, obro‘-e’tibori xalqaro maydonda ulug‘lanmoqda.
Shunday yoshlardan biri - shaxmat bo‘yicha turli yosh toifalari o‘rtasida bir necha bor jahon chempionligiga erishgan, Xalqaro shaxmat federatsiyasi reytingida bir nechta ko‘rsatkichlarni yangilashga erishgan Javohir Sindorovdir.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori Komil Sindarov bilan suhbatimiz yosh chempionlarni tayyorlash, ulardagi iqtidorni ilg‘ash, Javohirning shaxmatga kirib kelishi, qolaversa mamlakatimizda shaxmat sporti rivoji yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar xususida bo‘ldi.
Suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AN5CX75rlY4" title="Chempionlikning mashaqqatli va sharafli yoʻli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev, A.Sodiqov (video) O‘zA