Chempionlarga velosipedlar sovg‘a qilindi
Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Chempionlar – yurt faxri” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Chempionlar – yurt faxri” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi,o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov mamlakatimizda sportga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida yoshlarimiz nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, eng muhimi, sog‘lom kamol topayotganini ta’kidladi.
Tadbirda Moskva shahrida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilarimizga Milliy olimpiya qo‘mitasi sovg‘asi – velosipedlar taqdim etildi.