Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionlar kamol topayotgan maskan
16:30 / 2014-07-24

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida yurtimizning barcha hududida zamonaviy sport inshootlari qad rostlamoqda. 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida yurtimizning barcha hududida zamonaviy sport inshootlari qad rostlamoqda. Ushbu majmualarda o‘g‘il-qizlarning sport bilan shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Poytaxtimizdagi 43-bolalar va o‘smirlar sport maktabi ana shunday maskanlardan biridir. Bu yerga kelgan kishi atrofdagi orastalik, musaffo havodan tani yayrab, badantarbiya qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun o‘zida kuch-g‘ayrat sezadi.

Ushbu maskanda tajribali murabbiylar 530 nafardan ziyod o‘g‘il-qizga badiiy gimnastika, tennis, stol tennisi, kamondan o‘q otish, yengil atletika hamda taekvondo (WTF) kabi sport turlari sir-asrorini o‘rgatmoqda.

– Farzandining sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi har bir ota-onaning orzusidir, – deydi badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiya Yuliya Serikova. – Bu jarayonda bolalarni yoshligidan sportga oshno etib tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. O‘g‘il-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularda uchraydigan ayrim nuqson va kamchiliklarni bartaraf etishda sport eng yaxshi vositadir. Misol uchun, yosh bolalarda uchraydigan skolioz – umurtqa pog‘onasi qiyshayishi xastaligining oldini olish va davolashda sportning, ayniqsa, badiiy gimnastikaning o‘rni beqiyos ekani mutaxassislar tomonidan isbotlangan.

Maktabning badiiy gimnastika to‘garagiga 166 qiz a’zo. To‘garakka qizlar to‘rt yoshdan qabul qilinadi. Aziza Mansurova, Laziza Sa’dullaeva, Zarina Ubaydullayeva, Rozaliya Salimjonova, Viktoriya Xvan, Yulduz Mirzayeva, Sojida Ma’murjonova, Zuhra G‘afurova kabi gimnastikachi qizlar turli musobaqalarda o‘z mahoratini namoyon etib, yuqori natijalarga erishmoqda.

Sportga mehr qo‘ygan bu qizlarning hammasi ham kelajakda chempion bo‘lmasligi mumkin. Ammo hozirdan tani sog‘lom, ruhi tetik, fikri tiniq, irodasi mustahkam bo‘lib ulg‘ayayotir.

O‘g‘il-qizlarni sportga keng jalb qilish, mashg‘ulotlarga qatnayotgan bolalarning qiziqish va mahoratini yanada oshirish maqsadida turli musobaqalar, professional sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Maktabda tarbiyalanayotgan bolalar qator sport turlari bo‘yicha mamlakat miqyosidagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallamoqda. Ayniqsa, taekvondo (WTF) to‘garagiga qatnayotgan yosh sportchilar erishayotgan natijalar tahsinga loyiq.

– Dilga tukkan orzularim, ko‘zlagan maqsadlarim ko‘p, – deydi taekvondochi Naima Amirqulova. – Sport bilan muntazam shug‘ullanib, chempion bo‘lish, jahon arenalarida Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilish niyatidaman. Bu maqsadimga erishish uchun astoydil harakat qilaman. Chunki yurtimizda yoshlarning orzusini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.