Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionlar aniqlanmoqda
18:36 / 2025-05-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Nukusda o‘tkazilgan jahon chempionatida 25 ga yaqin davlatning nomdor polvonlari ishtirok etishdi.

Dastlab belbog‘li kurash bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi Prezidenti Xabir Habibullin va boshqalar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda so‘nggi yillarda belbog‘li kurashni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor haqida to‘xtalib o‘tishdi. 

[gallery-23685]

Marosimdan so‘ng, jahon chempionatining final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Erkin yo‘nalishda o‘tkazilgan bellashuvlarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida qirg‘izistonlik Albert Abdikarov, Elbek Zainabidinov, turkmanistonlik Bashimmuhammet Hidirmuhammedov, Selim Annanazarov, qozog‘istonlik Sherxan Yesbolat, afg‘onistonlik Mohammad Omar Azizi, rossiyalik Tamirlan Naxushevlar, mamlakatimiz vakillaridan Ramziddin Abdulhamidov, Bayishbek Mamataliyev, Sherzodbek Eliboyevlar, qizlar o‘rtasida mamlakatimizdan To‘maris Qalabayeva, Sarvinoz Rustamjonova, Gulzoda To‘lqinova, Oysuluv Qidirboyeva, rossiyalik Diana Kotlovskaya, Varvara Omeliya, Sofia Anoshinalar o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinlarni egallashib, jahon chempionlariga aylanishdi.

Bugun belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Osiyo chempionlari aniqlanadi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA