Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionatga tayyorgarlik qizg‘in
12:20 / 2015-10-26

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizda iordaniyalik tengdoshlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan qizlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi poytaxtimizda iordaniyalik tengdoshlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvlar terma jamoamiz a’zolari uchun joriy yilning 4-15-noyabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha o‘n olti yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘lib xizmat qildi.

Dastlabki bahsda futbolchilarimiz raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. O‘yindagi yagona golni 68-daqiqada Malika Burhonova kiritdi. Ikkinchi o‘yinda ham terma jamoamiz a’zolari to‘liq ustunlik bilan harakat qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Maftuna Panjiyeva mualliflik qildi.

Xitoyda o‘tadigan Osiyo chempionatida futbolchi qizlarimiz “B” guruhida Yaponiya, KXDR va Xitoy Taypeyi terma jamoalari bilan bahslashadi.