Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionat g‘oliblari aniqlandi
19:31 / 2025-12-15

FOTOREPORTAJ

Jizzaxda taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.  

“Kibersport arena” sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada respublikamizning barcha hududlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan sportchilar qatnashdi. Ular 29 kilogrammdan 78 kilogrammgacha va undan yuqori vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Chempionat qizg‘in va murosasiz bellashuvlar tarzida o‘tkazildi. Joriy yilgi mamlakat birinchiligida pumse yo‘nalishida 400 nafarga yaqin, o‘smirlar toifasida 600 nafarga yaqin, yoshlar o‘rtasida 600 nafardan ziyod hamda kattalar toifasida 343 nafar sportchi ishtirok etdi. Umumiy hisobda 1900 nafardan ziyod taekvondochi qatnashdi.

[gallery-26747]

Bellashuvlarning ilk kunlarida 9 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Jumladan, Behruz Salimov (-54 kg), Nazarali Nazarov (-63 kg), Mironshoh Muzaffarov (-74 kg), Yodgorbek Jo‘raboyev (-87 kg), Madina Shoniyozova (-46 kg), Laylo Zayniddinova (-53 kg), Diyora Azizova (-62 kg), Sabina Pardayeva (-73 kg) va Iroda Mirtojiyeva (+73 kg) chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kattalar o‘rtasidagi bahslarning yakuniy kunida esa Omonjon Otajonov (-58 kg), Diyorbek To‘xliboyev (-68 kg), Jasur Jaysunov (-80 kg), Shohjahon Karimboyev (+87 kg), Laylo Hasanova (-49 kg), Madina Mirabzalova (-57 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-67 kg) O‘zbekiston chempionlari, deb e’tirof etildi.

– Chempionat yuqori saviyada tashkil etildi, - deydi ishtirokchi Omonjon Otajonov. – Har bir jang keskin o‘tdi. Raqiblar kuchli edi. Shuning uchun bu g‘alaba men uchun juda qadrli. Finalda 58 vazn toifasida tajribali raqibga qarshi chiqdim. Murabbiylar bergan taktik ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishga harakat qildim. Sabr va ishonch g‘alabaga olib keldi. Bu natija men uchun katta mas’uliyat. Oldimizda hali xalqaro musobaqalar bor. Terma jamoadagi o‘rnimni mustahkamlab, mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilishga bor kuchimni safarbar etaman.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA