Chempionat davom etmoqda
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha XV Osiyo chempionatining beshinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Unda tajribali grossmeysterimiz Rustam Qosimjonov to‘rt ochko to‘plab peshqadamlar safida bormoqda.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha XV Osiyo chempionatining beshinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Unda tajribali grossmeysterimiz Rustam Qosimjonov to‘rt ochko to‘plab peshqadamlar safida bormoqda.R.Qosimjonov Noaman Omar (BAA), Alirizo Firouzya (Eron), Babu Lalit (Hindiston) ustidan g‘alaba qozondi hamda Bayarsaixan Gundavaa (Mo‘g‘uliston) va Surya Shekhar Ganguli (Hindiston) bilan durang o‘ynadi. U oltinchi turda xitoylik Yang Venga qarshi dona suradi.
Beshinchi tur yakuniga ko‘ra, yana sakkiz nafar shaxmatchi 4 ochko to‘plagan.
Xotin-qizlar o‘rtasida shaxmatchimiz Gulruhbegim Tohirjonova uch g‘alaba va ikki durang bilan 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy egallab turibdi.
Gulruhbegim oltinchi turda birinchi o‘rinda borayotgan hindistonlik Kulkarni Bhakti bilan bahslashadi.