Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempion va yetuk boks mutaxassislarining ustozi - O‘zbekistonda
10:44 / 2025-11-20

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, shuningdek mamlakatimiz sport sharafini Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarida munosib himoya qilgan Rustam Saidov, Alisher Rahimov, Ikrom Berdiyev, G‘ayrat Matkarimov kabi mahoratli sportchilarning murabbiyi, hozirda Rossiya Federatsiyasida yoshlarga boks sirlarini o‘rgatib kelayotgan tajribali murabbiy Mixail Romanchuk kuni kecha yurtimizga keldi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yosh bokschi-talabalar va mutaxassislar uchun maxsus mahorat darsi o‘tkazgan M.Romanchuk amaliy mashg‘ulot davomida talabalarga yuqori darajadagi texnik va taktik bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatdi.

Shuningdek, tajribali boks mutaxassisi havaskor va professional boksda yuqori natijalarga erishgan shogirdlari Artur Beterbiyev, David Ayrapetyan, Ruslan Timurziyev, Pekin Olimpiadasi sovrindori Islam Kanat, Sidney Olimpiadasi sovrindori Rustam Saidov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning boksga kirib kelishi, ko‘rsatkichlari xususida yig‘ilganlarga gapirib berdi.

Tajribali murabbiy ishtirokida o‘tgan davra suhbati jarayonida o‘zbek boksining jahon sportidagi o‘rni, uning taraqqiyot bosqichlari va istiqboldagi ustuvor vazifalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida Mixail Romanchukning o‘zbek boksining rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, unga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining faxriy professori unvoni topshirildi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA