FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab taniqli sportchi – Tolibboy Yo‘ldoshev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tolibboy Yo‘ldoshev Fransiyada o‘tkazilgan “Parij – 2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlarida bronza va oltin medallarini qo‘lga kiritgan.
Uchrashuvda boshqarma bo‘lim boshlig‘i A. A’zamxonov so‘zga chiqib, Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qilgan sportchining jahon arenalarida erishgan yutuqlarini e’tirof etdi. Chempionning sportdagi yutuqlari O‘zbekiston sportchilarining imkoniyatlari cheksizligini yana bir bor isbot qilganini qayd etdi.
Samimiy ruhdagi davra suhbatida Tolibboy Yo‘ldoshev o‘zining sport yo‘li, Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va olgan tajribalari haqida ishtirokchilarga so‘zlab berdi.
[gallery-21195]
Bojxona xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, Tolibboy Yo‘ldoshevga sport maydonida yanada katta marralarni zabt etishini tiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA