French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Chelsi“ Neymarga rad etib bo‘lmas pul taklif qilmoqchi
10:36 / 2019-09-27

Londonning “Chelsi“ klubi 2020 yilning yozida “PSJ“ forvardi Neymarni sotib olmoqchi.


Londonning “Chelsi“ klubi 2020 yilning yozida “PSJ“ forvardi Neymarni sotib olmoqchi. “Aristokratlar” 27 yoshli braziliyalik futbolchiga rad etib bo‘lmas taklif yuborishga tayyor.

Aniqrog‘i, londonliklar Neymar uchun “PSJ“ga 300 million yevro, uning o‘ziga esa yiliga 43 million yevro maosh taklif qilishmoqchi. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Neymar sayyoramizning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yoz “Real” yoki “Barselona”ga o‘tishi mumkin edi, biroq “PSJ“ uni qo‘yib yuborishni xohlamadi.