French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Cheksiz imkoniyatlar marafoni o‘tkazildi
18:05 / 2022-03-27

Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ommaviy ravishda sportga jalb etish, ularning sog‘ligini yaxshilash maqsadida «Cheksiz imkoniyatlar marafoni» o‘tkazildi.

Adliya vazirligi va O‘zbekiston yengil atletika federatsiya hamkorligida «Biz birgamiz!» ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan marafonda yuzga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar ro‘yxati O‘zbekiston nogironlar, ko‘zi ojizlar va karlar jamiyatlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar hisobiga shakllantirilgan.

Ushbu marafon SHHT xalqaro yarim marafoni va Toshkent «Navro‘z» marafoni bilan bir vaqtda o‘tkazildi.

Marafonda ko‘rishda va eshitishda nuqsoni bor hamda boshqa turdagi jismonan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun jami uch turdagi nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilar taqdirlandi. Har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rin sohiblari mukofotlandi. Shuningdek, marafonning eng yosh hamda eng yoshi ulug‘ ishtirokchisi ham taqdirlandi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarining barchasiga alohida tadbir uchun maxsus tayyorlangan esdalik medallari topshiriladi.

Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo yarmarkasi tashkil etildi.



O‘zA