French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chekka tumanda yangi sport koshonasi
18:45 / 2025-12-15

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi sport maktabida kurash turlariga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan yangi zal foydalanishga topshirildi.

Uning ochilish marosimi tuman ahli, ayniqsa, polvonlar uchun chinakam bayramga aylandi. Yangi sport inshooti yosh polvonlarning sifatli mashg‘ulot olib borishi va pirovardida yuksak natijalar sari intilishlari uchun keng imkoniyatlarni hozirlaydi. 

Tantanali tadbirdan so‘ng yoshlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha “Viloyat prokurori kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 2009-2011 yili tug‘ilgan yuzdan ortiq iste’dodli yosh kurashchilar qatnashdi. 

O‘nta vaznda murosasiz ruhda kechgan bahslarda har bir vazn toifasida g‘oliblarga viloyat prokuraturasi tomonidan kubok, diplom, medallar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.