French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chekka qishloqda yangi korxona ish boshladi
12:28 / 2022-04-28

Nukus tumanidagi «Qrantao‘» ovul fuqarolar yig‘ini hududida “Aqmang‘it kamalak invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik korxonasi ishga tushdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Orolbo‘yi aholisi turmush farovonligini yuksaltirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish orqali ish o‘rinlari yaratish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumaniga Samarqand viloyati biriktirilgan edi. 

2022-2023 yillarda Nukus tumanini jadal rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyati hokimligi hamda salohiyatli tadbirkorlar bilan hamkorlikda sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 513,1 milliard so‘mlik 34 ta loyiha amalga oshirilib, 2070 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bunda asosan tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Qiymati 5,4 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyihaning ishga tushirilishi bilan yuzta ish o‘rni yaratildi. Yiliga 150 ming dona tikuvchilik mahsulotini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonaga qabul qilingan yangi ishchilarni o‘qitish va tajribalarini oshirish maqsadida Turkiya davlatidan tajribali mutaxassislar jalb qilingan. 

Kelgusida korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorni ta’minlab qolmasdan, tashqi bozorlarga ham eksport qishinishi rejalashtirilgan. Tadbir ishtirokchilari yangi korxonada ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dovud Abibullayev,O‘zA