Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chekka hududlar aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
19:50 / 2023-09-13

Buxoro viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasining bir guruh mas’ullaridan iborat ishchi guruhi Peshku va Shofirkon tumanlarida bo‘ldi.

Guruh “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlarda tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.  

Bundan ko‘zlangan maqsad chekka hududlar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni belgilashdir. O‘rganish davomida bu manzillarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga  e’tibor kuchaytirilmoqda.  

Ayni kunda Peshku tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 31-son oilaviy poliklinikasining “Xo‘jaubbon” filiali xizmat faoliyatini olib borayotgan “Deycha” mahalla fuqarolar yig‘inida 2400 dan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, shundan 987 nafarini erkaklar va 1460 nafarini ayollar hamda 844 nafarini voyaga yetmagan bolalar tashkil qilmoqda. Bu yerda viloyat va tuman tibbiyot poliklinikalari yetakchi mutaxassislari, xususan, xirurg, pediatr, travmatolog, nevrolog, terapevt, pulmonolog, endokrinolog, ginekolog, ultratovushli tekshiruv hamda dopler vrachi, kardiolog, gastroenterolog singari tor doiradagi shifokorlar tomonidan 90 ga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikka jalb qilindi.  

–Bundan tashqari, qishloq joyida perinatal yoshdagi ayollar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar doirasida yuqori texnologik jihozlar bilan ta’minlangan sayyor – mobil mammografda o‘ndan ortiq ayol mammoskrining tekshiruvidan o‘tkazilgan bo‘lsa, yigirmadan oshiq aholi vakili mobil poliklinikada oftalmologik – ko‘z kasalliklari shifokori ko‘rigiga jalb qilindi, – deydi viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha shu’ba rahbari Ma’muraxon Safoyeva. –O‘z salomatligiga befarq bo‘lmaganlar, shuningdek, asoratsiz mammoskrining tekshiruvidan o‘tganlarga zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Ahamiyatlisi, mazkur bepul tibbiy ko‘rikka biriktirilgan fuqarolar ichida mahalla tomonidan alohida ijtimoiy nazoratga olingan oilalar vakillari, jismoniy imkoniyati cheklanganlar ham bor edi. Chuqurlashtirilgan ko‘rikda barcha jalb qilinganlardan EKG, UTT, flyurografiya tekshiruvlari va balg‘am namunalari hamda laboratoriya tekshiruvlaridan umumiy qon va boshqa biokimyoviy tahlillar olingani holda ular natijasiga binoan tavsiyalar berildi.  

Tibbiy ko‘rik natijasida 14 nafar fuqaroda birlamchi kasalliklar alomatlari aniqlandi. Jumladan, ularning 4 nafarida nevrologik, 2 nafarida nafas olish, 3 nafarida yurak-qon tomir kasalliklari, yana ovqat hazm qilish, ko‘z kasalliklari, endokrin, suyak-mushak yallig‘lanishi kabi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga tuman va viloyat tibbiyot birlashmalarida yotib davolanishi uchun yo‘llanma beriladigan bo‘ldi. Xuddi shunday, ambulator davolanish tavsiya qilinganlarning barchasiga, ya’ni 80 ga yaqin ehtiyojmand fuqaroga respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘iga muvofiq kerakli dori-darmon vositalari bepul yetkazildi.  

Guruhning keyingi manzili – Shofirkon tumanining “Iskogare” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Iskogare” oilaviy shifokorlik punktining “Quyi chuqurak” filialida bugunga kelib 720 ta xonadonda umumiy 3800 ga yaqin aholi istiqomat qilib kelmoqda.  Bunda boshqarma ishchi guruhi tavsiyalariga binoan oylik davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi. Chunonchi, bu borada “Mening shifokorim – mening mahallam” yosh kelinlar tanlovi, “Oila gigiyenasi”, sog‘lom turmush targ‘ibotiga qaratilgan seminar treninglari, qolaversa, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, oilalarga ko‘rsatilayotgan patronaj xizmatlariga katta ahamiyat qaratilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA