Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chekish yurak yetishmovchiligi xavfini oshiradi
10:38 / 2022-06-10

Djon Xopkins nomidagi Blumberg Jamoatchilik salomatligi kolleji olimlari tamaki sigaretalari yurak yetishmovchiligi xavfini ikki barobar oshirishini isbotladi, deyiladi muassassa jurnalida chop etilgan maqolada.

Tadqiqotchilar 61 yoshdan 81 yoshgacha bo‘lgan 9500 kishining kasallik tarixini tahlil qildi. Chekishni tashlagan odamlarda o‘n yil davomida har qanday turdagi yurak yetishmovchiligi xavfi saqlanib qolinishi aniqlandi. Bu natijalar yoshlar o‘rtasida chekishni tashlash muhim ekanini ko‘rsatadi. 

13 yil mobaynida olib borilgan tadqiqot davomida 1215 ta yurak yetishmovchiligi holatlari qayd etilgan. Kuniga ko‘p miqdorda va uzoq yillar davomida sigaret chekish yurak yetishmovchiligining rivojlanish xavfini oshirishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, yurak yetishmovchiligi – yurakning tana hujayralarini kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun yetarli miqdorda qon quyish qobiliyatining yo‘qolishidir. Bu xastalik rivojlangan mamlakatlarda nogironlik va o‘limga olib boradigan eng ko‘p tarqalgan sabablardan biridir. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH ning o‘zida olti milliondan ortiq kishi bu xastalik bilan yashaydi. Sigaret chekishdan tashqari, semirish, gipertoniya, diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va keksalik yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi omillardan sanaladi. 

Roman BONDARCHUK, O‘zA