FOTOREPORTAJ
Samarqandda Soliq qo‘mitasi va viloyat soliq boshqarmasi tomonidan yoshlar, faol fuqarolar hamda mahalla yettiligi ishtirokida ochiq savdo maydonida “Chek olishni unutmang!” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiyaning noan’anaviy jihati shundaki, u yopiq zalda emas, balki tadbirkorlar faoliyat yuritayotgan ochiq savdo maydonida tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi muloqotni yanada yaqinlashtirishdan iborat.
[gallery-26066]
Soliq qo‘mitasi raisi matbuot kotibi To‘rabek To‘rayev o‘quvchi-yoshlarga birgina xarid chekini talab qilish orqali mamlakat iqtisodiga qanchalik katta hissa qo‘shish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi aksiyalar yosh avlod ongida iqtisodiy savodxonlik va soliq to‘lash madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA