French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegirma berildi, ammo chipta yo‘q — imtiyozdan qanday foydalaniladi?
16:49 / 2023-12-13

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan “Hukumat soati”da deputat Sherzod Rahmonov talabalarga chegirmalar e’lon qilingani, ammo chiptalar mavjud emasligiga to‘xtalib, vazirlik vakillaridan izoh so‘radi:

— 2023 yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvariga qadar talabalar uchun poyezdlarga chegirmalar e’lon qilindi. Ammo chiptalar mavjud emasligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ana shunday vaziyatda “O‘zbekiston temiryo‘lyo‘lovchi” vakilining bergan ma’lumotida talabalarni o‘z manziliga xavfsiz yetkazilishi uchun sharoitlar yaratilishi aytildi. Talabalarning chegirmalardan to‘laqonli foydalanishi uchun qanday choralar ko‘riladi, bunga imkoniyat yetadimi?  

— Yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarimizda sifatli servis xizmatini ko‘rsatish borasida ishlar olib borilmoqda, — dedi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ raisi Sh.Qodirov. — Bugungi kunda 34 mingdan ortiq talabalar temir yo‘llardan foydalanmoqda ( bu raqam o‘tgan yili oliy ta’lim muassalaridan olingan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan). 45 kun oldin chiptalar sotuvga qo‘yiladi. Chiptalarning 57 foizi onlayn sotuvga qo‘yilgan. Bu har oyda oshirib borilmoqda.  Chunki bu shaffoflikni oshiradi. 2 kundan  buyon 6 ming 200 chipta sotildi.  

O‘zbekiston temir yo‘llarida bir kunda 28 ming yo‘lovchi tashiladi. Mahalliy tashuvlar 15-16 mingni tashkil etadi. 25 dekabrdan 7 yanvargacha bo‘lgan kunlar chegirma muddati deb e’lon qilindi. Talabalar asosan 26-27-28 dekabrga ketishmoqchi, 29-30-31 dekabrga esa chiptalar yo‘q. Qaytadigan kunlar ham xuddi shunday vaziyat. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalariga taklif bo‘ladiki, 26 dekabrda qaysidir oliygoh, 27-da yana qaysidir muassasa ta’til bersa, o‘qish boshlanadigan kunlar ham xuddi shunday ketma-ketlikda boshlansa, chiptalar borasida muammo bo‘lmaydi.  

Umuman, bayram kunlari qo‘shimcha reyslar qo‘yiladi, har kunlik reyslarga ham qo‘shimcha vagonlar ulanadi, — dedi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ raisi.  

Shuningdek, “Hukumat soati”da talabalar soni yildan-yilga oshib borayotgani qayd etildi. 12 dekabr holatiga 5 ming 200 nafar aviachipta, 6 mingdan ortiq temir yo‘l chiptalarini talabalar olgani qayd etildi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA