Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegaraoldi va olis hududlar aholisi – e’tiborda
16:48 / 2025-05-21

FOTOREPORTAJ

Yurtimiz bo‘ylab chegaraoldi va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda aholining turmush sharoitini yaxshilash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, profilaktik va axborot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi ana shunday tadbir Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi tashabbusi bilan Sherobod tumanining Chorbog‘ mahallasida o‘tkazildi.  

Tadbir doirasida mahalladagi tibbiyot maskanida Termiz harbiy gospitalining 10 dan ziyod malakali shifokorlari ishtirokida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Jumladan, 200 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 27 nafariga 5 nomdagi bepul dori-darmon vositalari tarqatildi.

[gallery-23487]

Bundan tashqari, aholi bilan tushuntirish-targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Orkestr va san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA