Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chegarada savdo yarmarkasi
12:21 / 2023-12-27

Yangi yil arafasida Jizzax viloyatining eng chekka, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh hududida joylashgan Yangiobod tumani dehqon bozori hamda aholi gavjum maskanlarda arzonlashtirilgan bayram savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Tog‘li hudud aholisining bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishi, narx-navog keskin oshib ketishining oldini olish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan savdo yarmarkalarida fermerlar dehqon va bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, sut, tuxum, go‘sht, turli xil sharbatlar, shirinliklar va boshqa ko‘plab turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlarga arzon narxlarda taqdim etilmoqda.  

O‘z navbatida tumanda tashkil etilgan bayramoldi savdo yarmarkasida narx-navoning sun’iy ravishda oshib ketishi oldini olish maqsadida mahalliy hokimlik, prokuratura va boshqa mutasaddi xodimlar muntazam ravishda nazorat va targ‘ibot tadbirlarini olib bormoqda.  

Olis hududlarda bunday savdo yarmarkalarining tashkil etilishi va sotilayotgan mahsulotlarning bozor narxidan 15 – 20 foiz arzonligidan aholi, ayniqsa, harbiylar va ularning oila a’zolari juda minnatdor.  

Ushbu bayram savdo yarmarkasi 14 yanvar –O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun nishonlanadigan kunlarda ham davom etadi.    

A.Qayumov (surat), O‘zA muxbiri